
Toshkent shahrining Mirobod tumanida 26 aprel kuni soat 01.45larda, Samina Duschanova o‘zining “Kaptiva” 01 G‘ 289 RA d.r. avtomashinasini katta tezlikda boshqarib, “Shahrisabz-Katta Mirobod” ko‘chalari chorrahasidagi aylana yo‘lni kesib o‘tib, shu aylana yo‘lga kirib kelayotgan, “Mersedes-Bens” rusumli avtomashinasini urib o‘tib, harakatini davom ettirib, yo‘l chetida turgan, X.Xalikov boshqaruvidagi “Lasetti”, Sh.Boltayevning “VAZ-21063”, A.Majidovning “Neksiya” avtomashinasi hamda U.Abdullayevning “Matiz” avtomashinalarini orqa tomoniga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Kaptiva” avtomashinasi haydovchisi S.Duschanova va “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi X.Xalikovlar turli darajadagi tan jarohatlari olib, ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Toshkent ShahriMirobod TumaniKaptiva AvtomashinaShahrisabz Katta MirobodMersedes BenzLasetti AvtomashinaVAZ 21063Neksiya AvtomashinaMatiz Avtomashina O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar