22:45 / 27.04.2018
4 032

Manas tajribasi Kenagasda. Faqat ikki kunda...

Manas tajribasi Kenagasda. Faqat ikki kunda...
Avval xabar berganimizdek, Toshkent Islom institutining 3 kurs talabasi Nuriddinov Yo‘ldoshbek qori “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi – 2018”ni mutlaq g‘olibi, Oliy mukofot sohibi bo‘lgan edi. Nuriddinov Yo‘ldoshbek 1995 yil 9 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanining Kenagas qishlog‘ida tug‘ilgan. Joydagi mas’ul muxbirimiz xabariga ko‘ra, Yo‘ldoshbek qori “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi – 2018” g‘olibi bo‘lganidan so‘ng, Kenagas qishlog‘ida 2 kundan buyon to‘y, obodonlashtirish ishlari amalgan oshirilayotgan ekan.

Yo‘ldoshbek qori voyaga yetgan uyi, shunaqa kamtarona ekanki, uyning tom qismi yo‘q bo‘lib, hozirda xonadondagi barcha uylarning tom qismi, shuningdek, ushbu xonadonga tutash qorini amakisining uylarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xo‘jayli tumanidagi mutasaddi tashkilotlar shifer bilan yopishdi. Qorining xonadoniga kiraverish ko‘cha bilan birga undan oldingi ko‘cha xonadonlarining tom qismi bir xil shifer bilan yopilib, ko‘chaga tutash uy va hovli devorlari bir xil rangga bo‘yalgan, ikkala ko‘chaga ham asfalt yotqizildi. Shuningdek, ko‘cha aholisiga yana bir bayram, ko‘chaga, qorining xonadoniga ichimlik suvi tortib kelindi va gaz muammolari hal etildi.

Hozirda OAV vakillari qori yashagan uy, uning yutuqlari hamda u o‘qigan umumta’lim muassasasini suratga olish ishlarini amalga oshirmoqda. Barchasi Yo‘ldoshbek qorini kutub olish uchun tayyor holatga keltirilmoqda. Albatta, ushbu ishlarning barchasi Muqaddas Qur’onning barakasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 5 yanvar kuni Toshkent viloyatida xalq deputatlar viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqlarida “Qur’onni eshitish, eshita olish yuksak ma’naviyat, ma’rifat. Qur’on hech qachon yomonlikka da’vat qilmaydi. Agar Qur’oni karimni eshita olsak, eshittira olsak bu muvaffaqqiyat bo‘ladi. Elimizga nur keladi” aytganlaridek, yurtimizning har bir viloyatlarida, tumanlari, qishloq-u ovullarida, xonadonlarida Qur’onning nuri, barakasi keldi!

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Manas tajribasi Kenagasda. Faqat ikki kunda...