
Hozirgi kunda “Istiqlol” deb ataladigan sobiq Xalqlar do‘stligi saroyiga uning eski nomi qaytariladi. Ushbu taklif 26 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan. Davlat rahbarining matbuot xizmati ushbu chiqish aks etgan videoyozuvni 27 aprel, juma kuni e’lon qildi.
“Shayxontohur tumanidagi ko‘chaga Shomahmudovlar nomi qaytariladi. Metroga ham ‘Xalqlar do‘stligi’ nomini qaytarsak, maydonga ham, ‘Istiqlol’ saroyini ‘Xalqlar do‘stligi’ saroyi qilsak”, — dedi Prezident.
IstiqlolXalqlar Do‘stligiToshkentPrezidentShavkat MirziyoyevVideoselektorMatbuot XizmatiShayxontohurKo‘cha O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar