O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, Turkiya fuqarolari uchun vizalar bekor qilingani turizm rivojiga katta turtki berdi.
«Vizani bekor qilganimiz turizmga katta turtki berdi. Endilikda, katta mehmonxonalar qurishimiz, infratuzilmani rivojlantirishimiz lozim. Turkiya bu sohada katta tajribaga ega, uning bu tajribasidan unumli foydalanish bo‘yicha yo‘l xaritasiga qo‘l qo‘ydik. Ziyorat turizmi bo‘yicha imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha ham tegishli shartnomalar imzolandi», - dedi prezident.
«Prezident Erdo‘g‘an Turkiy tildagi davlatlar yig‘ilishi kengashining Turkiyadagi ofisida faqat O‘zbekiston bayrog‘i yetishmayotgani haqida aytdi. Bugun bayrog‘imiz hilpirab turishi bo‘yicha ham ijobiy natijaga erishdik. Turkiy tildagi davlatlar yig‘ilishining navbatdagi sammiti Bishkekda bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston ham unda qatnashadi», - dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda