Xullas, yaqinda to‘y qilmoqchi bo‘lgan tanishimiz bilan besh-oltita restoranga bordik. U davlatimiz rahbari aytgani kabi 150 kishilik to‘y qilishni rejalashtirgan. Bu ishi bilan yaxshi an’anani mahallamizda boshlab bermoqchi va orttirilgan mablag‘ni yoshlarning kelajagi uchun sarflamoqchi edi.
Afsuski, ixcham to‘y orzusi rejadagidek bo‘lmaydiganga o‘xshab turibdi. Chunki qaysi restoranga bormaylik, mehmonlar soni 150 nafar ekanini aytganimizda narxni ikki baravar qimmat qo‘ymoqda. Jumladan, ilgari kishi boshiga 60 ming so‘mgacha xizmat haqi olgan restoran egasi bu safar har bir kishiga 105 ming so‘mdan olishini aytdi. Yana ichimliklaru boshqa talay mahsulotlar to‘y egasi hisobidan. Boshqa bir nechta restoranda ham shu ahvol. Qisqasi, to‘yga 150 kishi chaqirsangiz ham, 500 kishi chaqirsangiz ham restoran uchun 15-17 million so‘m to‘lar ekansiz.
Endi o‘ylab ko‘ring, to‘ylarni ixchamlashtirish nima maqsadda amalga oshirilyapti? Odamlarning og‘irini yengil qilish, yillar davomida yiqqan-terganini bir kunda sovurib yubormaslik, shu pulni oilaning ertasiga yaraydigan biron foydali ishga sarflash ko‘zlangan edi. Ammo aftidan, ayrim restoran egalarining bu islohotlar bilan ham, xalqning og‘ir-yengili bilan ham ishi yo‘q.
Shular haqida o‘ylab, mahallamizda yangi bir tashabbusni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Modomiki to‘yga 150 nafar mehmon aytilarkan, hech ikkilanmay bu bazmni hovlimizda o‘tkazsak bo‘ladi. Zahardan qimmat, shovqin-suronli restoran qayoqda-yu, uzoq-yaqin qarindoshlarning bir hovlida jam bo‘lgani qayoqda? Agar shu ishni boshlasak, aholining hech bo‘lmaganda 20 foizi hovlida to‘y o‘tkaza boshlasa, o‘z-o‘zidan restoranlar ham "hovur"idan tushadi.
Manba: "Zarafshon" gazetasi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?
Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”