13:33 / 02.05.2018
3 990

Avtomashina olib beraman deb 100 nafar hamyurtimizni chuv tushirgan soxta tadbirkorlar hibsga olindi (video)

Avtomashina olib beraman deb 100 nafar hamyurtimizni chuv tushirgan soxta tadbirkorlar hibsga olindi (video)
Toshkent shahrida orzu havaslar bilan yig‘ib-terganiga avtoulov sotib olishni niyat qilgan 100 nafar yurtdoshimizning soddaligidan foydalangan soxta tadbirkorlar jinoiy guruhi qo‘lga olindi.

Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazining ma’lum qilishicha, 6 oy davomida faoliyat yuritgan "Jasmin biznes", Praym Invest lizing" va "Praym avto lizing" MChJlar aslida mijozlarga avtomashina yetkazib berish bo‘yicha JM O‘zbekiston OAJ bilan hech qanday shartnomaga ega bo‘lishmagan. Puxta o‘ylangan reja asosida faoliyat olib borgan ustamon lizing kompaniyasi direktori AkmalTo‘laganov hech qanday hujjatlarga qo‘l qo‘ymaslik maqsadida yosh qizlarni ishga olib ulardan o‘zining g‘arazli rejasi yo‘lida foydalangan.

Soxta lizingchilar ko‘rsatilgan muddatda o‘z mashinasini talab qilib kelgan ayrim mijozlarga boshqa firmalardan ijaraga olingan avtomobillarni berib, ularni vaqtinchalik tinchlantirib turishgan.

"Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, uyushgan jinoiy guruh a’zolari tomonidan fuqarolardan lizing shartnomalar asosida qabul qilingan komission to‘lovlar, shuningdek, firmaning bankdagi hisob raqamiga tushirilgan pullar turli yo‘llar bilan o‘zlashtirilib, fuqarolarga jami 2 mlrd 21 mln so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan", - deydi Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tergovchisi O‘tkir Chinaliyev.

Uyushgan jinoiy guruhning 3 nafar a’zosi hibsga olingan. Hozirgi kunda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Buzoqning yugurgani somonxonagacha degan maqolni ushbu firma egalari anglab yetmagan ko‘rinadi. Chunki o‘z qilmishlarining misi chiqishi yoki o‘zganing xaqqini osongina hazm qilish mumkin emasligini vaqtida anglashganda bugun panjara ortida o‘tirmagan bo‘lar edi. Firibgar lizingchilarning keyingi taqdirini esa sud hal qiladi. Mazkur holat yuzasidan tayyorlangan videolavhani quyidagi HAVOLA orqali ko‘rish imkioniga egasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomashina olib beraman deb 100 nafar hamyurtimizni chuv tushirgan soxta tadbirkorlar hibsga olindi (video)