
Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayev ishi bo‘yicha sud majlisi yakunlandi.
«Xabar.uz»ning xabar berishicha, Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlar sud majlisidan ozodlikka chiqarildi.
Bobomurod Abdullayev sud zalidan chiqqach, jurnalistlarga qisqa intervyu berdi.
«Ozodlikka chiqqanimdan xursandman. Sud jarayoni ochiq o‘tishini kutmagan edim, bundan ham xursandman. Sud majlisining ochiq o‘tkazilishi, ozodlikka chiqishimning o‘zi Prezident Shavkat Mirziyoyev boshlagan liberallashtirish siyosatining ilk mevalaridan, deb hisoblayman. Prezidentimizga rahmat», — dedi Abdullayev.
Bobomurod Abdullayevga axloq tuzatish ishlari belgilandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar