21:45 / 07.05.2018
4 697

Qo‘qonda go‘dakni 10 ming AQSh dollariga sotayotgan ayollar guruhi ko‘lga olindi (video)

Qo‘qonda go‘dakni 10 ming AQSh dollariga sotayotgan ayollar guruhi ko‘lga olindi (video)
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yana bir jinoiy ayollar guruhi yangi tug‘ilgan norasida go‘dakni sotayotganda qo‘lga olindi.

Qo‘qonlik O.H. tanishi M.G‘. bilan til biriktirib, M.ning jiyani N.I.ning nikohsiz tug‘ilgan o‘g‘il farzandini N.ga 10 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 50 dollarini olishgan.

Tug‘uruqxonadan chaqaloqni olib chiqish kuni esa qolgan 9 950 AQSh dollarini olayotgan vaqtda departamentning Qo‘qon shahri va Quva tumani huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan voqea joyida qo‘lga olindi. Ushbu voqea aks etgan lavhalarni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.

Mazkur jinoyat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Farzand inson zotiga berilgan eng aziz ne’matdir. Buni qadrlamaganlar bir kun kelib tirnoqqa zor bo‘lishi tayin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonda go‘dakni 10 ming AQSh dollariga sotayotgan ayollar guruhi ko‘lga olindi (video)