Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan fuqarolarga amaldagi bojxona qoidalariga rioya qilish, o‘zlari bilan olib o‘tayotgan tovar va naqd xorijiy valyutalarni to‘g‘ri deklaratsiyalashlari uchun bojxona postlarida axborot hududlari tashkil etilgan bo‘lib, axborot peshtaxtalari barcha uchun qulay va ko‘rinarli joylarga joylashtirilgan. Ammo, bojxona qoidalariga rioya qilmaslikning oqibati fuqaro A.B.ga qimmatga tushdi.
“Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatga yo‘l olgan ushbu fuqaroni bojxona nazoratidan o‘tkazish vaqtida u o‘z yonida yashirilgan ashyolar yo‘qligini ma’lum qilgandan so‘ng xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Natijada, A.B. egnidagi ichki kiyimi ichiga jami 11 886 AQSh dollarini yashirib, noqonuniy ravishda respublika hududidan olib chiqib ketmoqchi bo‘lganligi oshkor bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda. Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi