O‘zbekiston Markaziy banki 2018 yilning yanvar — aprel oylarida ichki valyuta bozorida amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar tahlilini e’lon qildi. Bu haqda Daryo ma’lum qilmoqda.
Tahlilga ko‘ra, mazkur muddat mobaynida eksport tushumi 25, import xarajatlari miqdori 33 foizga oshdi. 2017 yilda tovarlar eksportidan kelib tushgan valyuta tushumi 1,6 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilning birinchi choragida ushbu ko‘rsatkich 2 milliard dollarni tashkil qildi (+25 foiz).
Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy valyuta sotib olinishi miqdori 2,8 milliard dollarni tashkil qildi. Xorijiy valyuta asosan (75 foiz) xalq iste’moli mahsulotlari importini amalga oshirish, ishlab chiqarish asbob-uskunalari sotib olish, kreditlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirish va medikamentlar importi hamda xorijiy sarmoyadorlar daromalarini qaytarish maqsadlarida amalga oshirildi.
Jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan sotilgan valyuta hajmi 150,6 million dollar, aholidan sotib olingan valyuta miqdori esa 646,2 million dollarni tashkil qildi.
«2018 yilning fevral oyidan boshlab aholidan valyuta sotib olish hajmining tobora o‘sib borishi va valyuta kursining pasayib borishi kuzatildi. Bu milliy valyutaning mustahkamlanib borayotganidan darak beradi», — deyiladi hisobotda.
Shuningdek, hisobotda 2018 yilning yanvar — aprel oylari davomida milliy valyuta kursi 8192 so‘mdan 8064 so‘mgacha diapazonda o‘zgarib turgani va Markaziy bank tomonidan qabul qilingan yangi intervensiyalar siyosati natijasida milliy valyuta kursi mustahkamlanib borayotgani ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi