
Endi lombardlar yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorda foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirishga haqli emas.
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqida vazirlikning telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qiladi.
Yangi talablarga ko‘ra, lombardlar garovga yoki saqlovga qo‘yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga, yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorda foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, kredit shartnomalari bo‘yicha javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llashga, shuningdek kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish uchun to‘lovlar, shuningdek kreditlar muddatidan ilgari so‘ndirilganligi uchun neustoyka undirishga haqli emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar