3 819
Bosh prokuror AQSh elchisi bilan O‘zbekistonda vijdon va so‘z erkinligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi
Pamela Spratlen.
O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov 10 may kuni AQSh elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etish joiz, ushbu uchrashuv O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15—17 may kunlariga rejalashtirilayotgan AQShga rasmiy tashrifi arafasida tashkillashtirildi.
Elchi Pamela Spratlenga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimini isloh qilish, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan choralar haqida ma’lumot berilgan.
«Uchrashuv davomida taraflar ikki tomonlama hamkorlik, tajriba almashinuvi, vijdon va so‘z erkinligini ta’minlash hamda olib borilayotgan islohotlarda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi», — deyiladi rasmiy axborotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni