Toshkent shahar hokimligi huzurida jamoatchilik kengashi tuziladi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Kengash raisi etib tadbirkor Hikmat Abdurahmonov tayinlangan.
Jamoatchilik kengashini tuzishdan ko‘zlangan maqsad — Toshkent shahrini yanada rivojlantirish, davlat-xususiy sherikchiligini kengaytirish, shaharni boshqarishda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, Toshkent shahrini xorijiy aloqalarini rivojlantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali shahar byudjetiga soliq va boshqa to‘lovlar tushumini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shahar ekologiyasini yaxshilash, parklar, mini-parklar hamda yashil maydonlar tashkil etish, yoshlarning ishtirokini kengaytirish, dunyoni rivojlangan poytaxt shaharlarida sinovdan o‘tgan yangi texnologiyalarni joriy etish orqali shahar infrastrukturasini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash, sportni ommalashtirish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, madaniy tadbirlarni o‘tkazish, shahar hayotini yaxshilashga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish masalalarida keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlashdir.
Jamoatchilik kengashida Toshkent shahrini rivojlantirish, uni «XXI asr shahri»ga aylantirish, so‘nggi texnologik yutuqlarni joriy etish, shahar boshqaruvini shaffofligini ta’minlash, poytaxt aholisi va mehmonlariga qulayliklar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va ularni joriy etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Obod mahalla» dasturini sifatli to‘liq ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati yangi tashkil etilayotgan kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Toshkent shahar hokimligi Jamoatchilik kengashi faoliyatida qatnashish takliflarni kengash raisi Hikmat Abdurahmonov elektron pochta orqali yuborish mumkin.
Ma’lumot uchun, Hikmat Abdurahmonov — Xalqaro biznes va texnologiyalari assotsiatsiyasi (AMBiT) raisi, O‘zbek—Xitoy savdo uyi vakolatxonasi rahbari va bir qator kompaniyalar, xususan, International Business Travel’ning asoschilaridan biridir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi