
O‘z vaqtida Toshkent shahri tumanlarining birida prokuror katta yordamchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan A.B. katta miqdorda pora olgani aniqlandi. 2013 yilda, 1979 yilda tug‘ilgan K.O.ni unga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirib beraman, deb 300 ming dollar miqdorida pora olgan, deb ma’lum qilmoqda uz24.uz nashri.
Siri fosh bo‘lgach, u bu pullarning bir qismini qaytargan, ammo 120 ming dollar haligacha egasining qo‘liga yetib bormagan.
Sobiq prokuror yordamchisi bu ish bilangina cheklanib qolmagan. U 5 yil muqaddam «Turkiston» banki xodimlarini qamoqdan chiqarish evaziga 400.000 AQSh dollari miqdorida pora berilishida ham «dallollik» qilgani aniqlandi.
Hozirda ushbu ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar