Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi pora evaziga avtomobil taklif qilgan shaxslarni qo‘lga olish boyicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent ShIIBB matbuot xizmati xabariga tayanib Darakchi ma’lum qilmoqda.
Boshqarmaning Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga kiritilgan ma’lumotga ko‘ra, poytaxtlik ikki shaxs «Nexia-3» rusumli avtomobilni 3 ming AQSh dollari ustama haqi evaziga qisqa muddatda yetkazib berishni taklif qilgani ma’lum bo‘lgan. Ulardan biri bevosita shu sohaga aloqador shaxs ekanligi aniqlangan.
Olib borilgan tezkor tadbir natijasida talab qilingan summani olayotgan vaqtda ijtimoiy fondlardan birining ishchisi, 63 yoshli Abror.G. (ism o‘zgartirilgan) hamda uning sherigi – «O‘zavtotexxizmat» MChJ avtosalonlaridan birining direktori Muhammadali.U. (ism o‘zgartirilgan) qo‘lga olindi.
Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-modda 2-qismi ("firibgarlik") va 211-modda 2-qismi ("pora berish") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi