“Huquq axborot” kanali davlat chegarasidan o‘tkazish punktlarida taqiqlanadigan narsalar haqida xabar berdi.
Unga ko‘ra, quyidagilar taqiqlanadi:
chegara nazorati bo‘linmasi rahbarining ruxsatisiz foto va video suratga olish;
davlat nazorati organlarining nazorat tartib-taomillarini tashkil etishiga xalaqit bersa, mobil va boshqa aloqa vositalardan foydalanish;
davlat nazorati organlari xodimlarini nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibni buzishga majbur qiladigan harakatlarni sodir etish, shu jumladan ularga biron-bir moddiy qimmatliklar taklif etish;
o‘tkazish punkti hududiga yoki uning xizmat xonalariga belgilangan tartibni buzgan holda kirish;
o‘tkazish punkti hududiga tegishli ruxsatlarsiz qurol-yarog‘, portlovchi moddalar va atrofdagilar hayoti yoki salomatligiga xavf tug‘diradigan boshqa predmetlar (moddalar) olib kirish (olib o‘tish).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbek va qirg‘iz chegarachilari chegarada nizoli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralarni ko‘rib chiqishgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti