date
views 6 385

Eng yosh vazir unashtirilgani haqida ma’lum qildi

Eng yosh vazir unashtirilgani haqida ma’lum qildi
O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sadullayev o‘zining facebook’dagi sahifasida unashtirilgani haqida post qoldirgan.

Sadullayevning aytishicha, unashtiruv marosimi Arafa kuni, ular safardaligida bo‘lib o‘tgan.

"Yurtimizda tinchlik va rivojlanish davomiy bo‘lsin. Xalqimiz xizmatida bo‘lishlik va alarning ishonchlariga erishish barcha yurtdoshlarimizga nasib etsin. Komil farzandlar tarbiyalab, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish barchamizga nasib aylasin! Risoladagidek, namunaviy va super-ixcham to‘y o‘tkazamiz. Shu bahonada #ixcham_tōy trendini ham yo‘lga qo‘yib olamiz. Qani yoshlar shu jabhada ham birlashaylik!", — degan vazir o‘rinbosari.

Facebook foydalanuvchilari Sa’dullayevga baxt tilashmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eng yosh vazir unashtirilgani haqida ma’lum qildi