
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda harbiy va harbiy-texnik hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, idoralararo hamkorlikni rivojlantirish, ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazish, harbiy kadrlarni professional tayyorlash singari masalalar muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Sergey Shoygu Shavkat Mirziyoyevga Rossiya rahbari Vladimir Putinning samimiy salomini va ezgu tilaklarini yetkazdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing