4 987
20 yoshli qizni Qozog‘istonda fohishalik qilishga majburlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
Huquq-tartibot organlari xodimlariga 2018 yil 17 may kuni tushgan arizaga ko‘ra odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh qilindi.
Aniqlanishicha, 2018 yilning yanvarida Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turgan fuqaro K.I. poytaxtda joylashgan «In House» kafesida rus millatiga mansub M.V.ni uchratib qoladi va butun e’tiborini uning ishonchini qozonishga qaratadi. M.V.ga Qozog‘istonda yaxshi ish borligini, ish haqi ham yuqori ekanini aytib, o‘sha yerlarda ishlashga qiziqtiradi. 2018 yil 28 yanvar kuni K.I. va M.V. «Toshkent — Ostona» reysi bilan xalqaro aeroport orqali uchib ketishadi. U yerda «o‘lja»ni Sasha ismli noma’lum shaxs kutib oladi va M.V.dan pasportini olib qo‘yadi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz qolgan M.V.ni esa 2018 yil 25 martgacha fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qiladi.
Mazkur holat yuzasidan K.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «ye» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi