07:02 / 24.05.2018
4 981

20 yoshli qizni Qozog‘istonda fohishalik qilishga majburlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi

20 yoshli qizni Qozog‘istonda fohishalik qilishga majburlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
Huquq-tartibot organlari xodimlariga 2018 yil 17 may kuni tushgan arizaga ko‘ra odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh qilindi.

Aniqlanishicha, 2018 yilning yanvarida Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turgan fuqaro K.I. poytaxtda joylashgan «In House» kafesida rus millatiga mansub M.V.ni uchratib qoladi va butun e’tiborini uning ishonchini qozonishga qaratadi. M.V.ga Qozog‘istonda yaxshi ish borligini, ish haqi ham yuqori ekanini aytib, o‘sha yerlarda ishlashga qiziqtiradi. 2018 yil 28 yanvar kuni K.I. va M.V. «Toshkent — Ostona» reysi bilan xalqaro aeroport orqali uchib ketishadi. U yerda «o‘lja»ni Sasha ismli noma’lum shaxs kutib oladi va M.V.dan pasportini olib qo‘yadi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz qolgan M.V.ni esa 2018 yil 25 martgacha fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qiladi.

Mazkur holat yuzasidan K.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «ye» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 20 yoshli qizni Qozog‘istonda fohishalik qilishga majburlagan shaxslarga jinoyat ishi ochildi