Akmal Saidov hazillashib yevropaliklarga O‘zbekistondagi qamoqxonalarni ijaraga olishni taklif qilgan
1 daqiqa o'qish5K

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov hazilomuz tarzda yevropaliklarga O‘zbekistondagi qamoqxonalarni ijaraga olishni taklif qilganini esladi.
«Yevropa Ittifoqi davlatlarida qamoqxonalar to‘lgan. Hattoki Belgiya hukumati Niderlandiyadan o‘zidagi mahbuslar uchun qamoqxonalarni ijaraga berishni so‘ragan. Men bir safar hazillashib aytgandim, agar narxiga kelisha olsak, biz joy beramiz», – deya Saidovning Toshkentda o‘tkazilgan brifingdagi so‘zlarini keltiradi «Kun.uz» muxbiri.
Saidovning so‘zlariga ko‘ra, «respublikada o‘tkazilgan islohotlar» samarasi o‘laroq, O‘zbekistonda mahbuslar soni 2,5 barobar qisqargan.
«Bugungi kunda bizda qamoqxonalar 80 foizga to‘lgan, voyaga yetmaganlar uchun koloniyalar 20 foizga to‘lgan. Bu fakt qamoqxonalardagilar miqdori qanchalik kamayganini ko‘rsatadi», – deya qo‘shimcha qilgan u.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda har 100 ming kishiga 122 nafar mahbus to‘g‘ri keladi. Saidovning qayd etishicha, bu MDH davlatlari orasida eng past ko‘rsatkich, bu AQShdagidan 2-3 barobar pastroq ko‘rsatkichdir.

- #Inson Huquqlari
- #Milliy Markaz
- #Akmal Saidov
- #Yevropa Ittifoqi
- #Qamoqxona Ijarasi
- #Toshkent Brifingi
- #Islohotlar Samarasi
- #Mahbuslar Soni
- #MDH Davlatlari
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…