
Xalqaro Press klub rahbari Sherzod Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
O‘tgan yili dekabrda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida ayni universitetni tashkil etish zaruriyati haqida gapirib o‘tgandi. Shu yil 24 may kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
Endilikda yangi tashkil etilgan oliygohning birinchi rektori etib, XPK rahbari, jurnalist Sherzod Qudratxo‘jayev tayinlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qudratxo‘jayevga jurnalistlarga ta’lim berish begona faoliyat emas. U bunga qadar O‘zbekiston Milliy universitetida ham talabalarga dars bergandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar