17:16 / 29.05.2018
5 456

Bosh prokuraturada yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

Bosh prokuraturada yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi
Aziz Muxtorovich Eshbekov
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018 yil 24 maydagi buyrug‘i bilan Aziz Muxtorovich Eshbekov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

A.Eshbekov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devoni Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar bo‘yicha ekspertlar guruhida boshlab, Jizzax va Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida tergovchi, prokuror yordamchisi va bo‘lim katta prokurori, Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni ta’minlash inspeksiyasi prokurori, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha xizmati inspektori, Bosh prokuratura sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura tuzilmasida yangi boshqarma va ikkita bo‘lim tashkil etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuraturada yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi