Tojikiston hukumatining Dushanbedagi qarorgohida 31 may kuni tushdan keyin Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiyot, xavfsizlik, madaniyat, ijtimoiy va agrar sektorni rivojlantirish, energetika, sanoat sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida Dushanbe va Toshkent o‘rtasida imzolangan bitimlarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning joriy yil kuzida O‘zbekistonga amalga oshiradigan davlat tashrifiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi ikki mamlakatning barcha sohalardagi aloqalarini rivojlantirishga yangi turtki berishiga ishonch bildirdi.
Tomonlar bugun Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida kun tartibi, mintaqa mamlakatlari o‘rtasida munosabatlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abdulla Aripov Tojikistonga borishi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi