Navoiyda Matiz beton to‘siqqa borib urildi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Navoiyda Matiz beton to‘siqqa borib urildi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi
Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida 2 iyun kuni 2 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga tayanib Daryo ma’lum qildi.

Shu kuni O. T. Matiz mashinasini «Kogon—Yangiqo‘rg‘on» yo‘lining 50-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetidagi beton to‘siqqa borib urildi.

Hodisa oqibatida haydovchi O.T. va uning yo‘lovchisi jarohat olib, kasalxonaga keltirilganlarida hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar