15:26 / 05.06.2018
7 639

Erini o‘ldirib, hovliga ko‘mgan ayol uning «bedarak yo‘qolgan»i haqida ariza berdi

Erini o‘ldirib, hovliga ko‘mgan ayol uning «bedarak yo‘qolgan»i haqida ariza berdi
Toshkent viloyatida «bedarak yo‘qolgan» erkakning jasadi o‘z uyidan topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

2017 yil 19 sentyabrda Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashovchi Z.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, 16 sentyabr kuni turmush o‘rtog‘i H.A. uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qiladi.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida «bedarak yo‘qolgan» erkakning jasadi o‘z uyidan topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhumning uyida yollanib ishlagan, muqaddam sudlangan B.S. uy bekasi bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 17 sentyabr kuni H.A. uyi ayvonida uxlab yotganida uning boshiga bolg‘a bilan urib o‘ldiradi. So‘ngra ikkisi birgalikda jasadni hovliga ko‘mib yuboradi.

B.S. va Z.A. qo‘lga olindi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Erini o‘ldirib, hovliga ko‘mgan ayol uning «bedarak yo‘qolgan»i haqida ariza berdi