O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 8-10 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning to‘la huquqli a’zo sifatidagi ishtirokida yig‘iladi, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda ko‘p tomonlama kooperatsiyaning boshqa jihatlarini muhokama qiladilar.
Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Sindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qo‘shma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Fikr almashuvlardan so‘ng 2018-2019 yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat to‘g‘risida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Davlatimiz rahbari ShHT sammiti doirasida ikki tomonlama qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?