«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida ijaraga beriladigan ko‘p qavatli uylarni qurish haqida petitsiya hozircha 320ta ovozni yig‘di.
«Tijorat banklari mablag‘lari hisobidan poytaxtimiz, viloyatlarning ma’muriy va yirik sanoat markazlarida ijarachilar uchun ko‘p qavatli uylar qurish va shartnoma asosida berish uy-joy muammosini hal qilishda ijobiy qadam bo‘ladi», - deyiladi matnda.
Qayd etilishicha, ijarada turishni xohlovchilar ko‘p qavatli uyni foydalanishga topshirgan bankda hisob raqam ochadi va shu hisob raqamiga ijara pulini o‘tkazib boradi. Ushbu o‘tkazma bankda saqlanadi va ijarachi ijara pulini to‘lamagan yoki to‘lashdan bosh tortgan vaqtda badal bank hisobiga avtomatik o‘tib ketadi, bank va ijarachi o‘rtasidagi shartnoma buziladi.
Agar ijarachi muntazam ravishda ijara pulini to‘lasa va oqilona foydalansa, 10-15 yil davomida uy ijarachining nomiga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi shartni belgilab qo‘yish ham mumkin. Foydalanish davrida uyga yetkazilgan zararlar va barcha kommunal to‘lovlar ijarachi tomonidan to‘lanadi.
«Bunday usulda uy-joylarning ijaraga berilishi natijasida ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy, demografik va kadrlar muammolari hal bo‘ladi. Uzoq hududdan kelgan kadrlarning oilalari qulay va shinam ijara uylarida turishi kadrlarning ham barcha e’tiborini bemalol ishiga qaratishiga imkoniyat yaratadi. Natijada ijara uylarining qora bozordagi norasmiy shakliga barham berilib, ijara pullari bank hisob raqamiga tushadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ijaraga olib yashash uchun banklar tomonidan ijarachilarga ko‘p qavatli uylar qurishni taklif qilamiz», - deyiladi murojaat matnida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtotransportdan foydalanish uchun talab etiladigan majburiy ishonchnoma olish tizimini bekor qilish taklif etilgandi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi