00:30 / 12.06.2018
5 164

G‘uzordagi avtomashinalar jarima maydonchasida "Matiz" yonib ketdi

Ғузордаги автомашиналар жарима майдончасида "Матиз" ёниб кетди
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 9 iyun kuni Mustaqillik ko‘chasida joylashgan avtomashinalar jarima maydonchasida saqlanayotgan “Matiz” rusumli avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida “Matiz” avtomashinasi to‘liq yonib zarar ko‘rgan va uning yonida turgan “Epika” rusumli avtomashina, hamda “Kobalt” rusumli avtomashinalari issiqlik ta’siridan qisman zarar ko‘rgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, jarohat olganlar yo‘q.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » G‘uzordagi avtomashinalar jarima maydonchasida "Matiz" yonib ketdi