
Toshkent viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga yangi rahbar tayinlandi, shu paytga qadar Xudaybergenov Artik Tursinxanovich Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani IIB rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
"UzNews.uz"ning huquq-tartibot idoralaridagi ishonchli manbasining xabariga ko‘ra, podpolkovnik Xudaybergenov Artik Tursinxanovich Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
Eslatib o‘tamiz, otasi Tursinxon Xudoyberganov 2010—2016 yillarda ham Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2017 yilning yanvaridan buyon Prezident maslahatchisi lavozimida ishlab keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar