Foto:Buxoro viloyati IIB
Buxoroda o‘g‘lini harbiy qismga ishga joylashtirish niyatida yurgan ayoldan “muammosini duolar orqali hal qilish” evaziga 1500 AQSh dollarini olgan “folbin” va uning hamtovog‘i qo‘lga olindi.
Fuqaro D.Kamolovaning arizasi asosida olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida aniqlanishicha, G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqarolar Qudratov Nurillo Hikmatullayevich hamda Ergashev Bozor Ramazonovichlar oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, fuqaro D.Kamolovani aldash va ishonchini suiste’mol qilish yo‘li bilan, g‘araz va past niyatda uning mulkini qo‘lga kiritishni ko‘zlab, o‘g‘li F.Bo‘ronovni Qarshi shahridagi 59-sonli harbiy qismga ishga joylashtirishni va’da qilib, 1500 AQSh dollarini talab qilib olib, firibgarlik jinoyatini sodir qilganlar.
Ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari va bunga sharoit yaratib bergan omillar o‘rganilganda, fuqaro Nurillo Qudratov uzoq yillardan buyon folbinlik va tabiblik bilan shug‘ullanib kelayotganligi, o‘zining va oilasidagi muammolarini “duo o‘qitish”, “fol ko‘rsatish” orqali hal etishga mukkasidan ketgan D.Kamolova esa “folbin janoblari”ning uyiga tez-tez borib duo o‘qitib kelishga odatlanganligi, ayolning barcha muammolaridan xabardor bo‘lgan va uning sodda, ishonuvchan ekanligidan foydalangan “Nurillo folbin” esa, o‘zining tanishi bo‘lgan “hojatbaror” Bozor Ergashevni u bilan tanishtirib, go‘yoki, o‘g‘lini ishga joylashtira oladigan “amaldor”ni topib berib, uni aldab, pora berishda dalolatchilik qilganligi, 1500 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan Bozor Ergashev esa, salkam 8 oydan buyon ayolni laqillatib, o‘g‘lini ishga joylashtirmasdan, olgan pullarini ham qaytarib bermasdan, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Qudratov Nurillo Hikmatullayevich hamda Ergashev Bozor Ramazonovichlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28-211 moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Shofirkon tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi