O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev fuqarolik holatini qayd etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
Hujjatda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) institutini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Ular orasida fuqarolarning shaxsiy va mol-mulk huquqlarini vakolatli organlarda ro‘yxatga olish orqali himoya qilish, jumladan, tug‘ilish, o‘lim, nikoh va ajrashish, familiya, ismi va otasining ismini o‘zgartirganlik holatlari mavjud.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini soddalashtirish, jumladan, masofadan turib ularning sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tezkor ravishda amalga tatbiq etish, shuningdek, fuqarolik holati aktlarining yagona elektron arxivini tashkil etish, favqulodda holatlar bo‘yicha arxiv ma’lumotlarini va axborotni olish imkoniyatini yaratish kabi qulayliklar rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, byurokratiya va korrupsiyani bartaraf etish uchun idoralararo elektron aloqalarni kengaytirish va uzoq aholi punktlari («mobil aloqa xizmatlari»)ni kengaytirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning moslashtirilgan va qulay usullari joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyuldan FHDYo tuman va shahar hokimliklari tasarrufiga o‘tadi. Shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish amaliyotlarini muvofiqlashtirish, ularning faoliyatiga uslubiy jihatdan yordam ko‘rsatish, ro‘yxatga olish idorasining yagona elektron arxivini yuritish va arxivlarni boshqarishda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi mas’uldir.
1 iyuldan boshlab nikoh shartnomasini notarial tasdiqlash uchun davlat boji va aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv, shuningdek, sud tomonidan otalikning e’tirof etilishi (o‘rnatilishi) faktlarini belgilash uchun arizalarni, bolaning aynan shu onadan tug‘ilganligi va tug‘ilgan vaqti kabi holatlarni ko‘rib chiqish bekor qilinadi.
Sog‘liqni saqlash va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirliklariga 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab FHDYo organlari bilan tug‘ilish va o‘lim haqidagi ma’lumotlarni almashish topshirildi. Shuningdek, idenfikatsion kod orqali tug‘ilish va o‘limning yagona ma’lumotnomasini berishning yagona tartibini joriy etiladi.
Yil oxiriga qadar fertil yoshidagi hamda homiladorlikning ilk davridan to bola tug‘ilgunga qadar bo‘lgan ayollarni ro‘yxatga olishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratilishi lozim va u FHDYoning yagona elektron arxivi bilan integratsiyalashgan bo‘ladi.
Ro‘yxatdan o‘tmagan tug‘ilish va o‘lim holatlarini aniqlash maqsadida tuman (shahar) hokimlari boshchiligida hududiy komissiyalar tuziladi. Ularning kelasi yilning iyul oyiga qadar to‘liq invertizatsiyalash ishlarini o‘tkazishlari va tug‘ilish hamda o‘lim holatlarini manzilli ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshirishlari zarur.
Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘lmagan bolalarni aniqlashda komissiya «Hech bir bola ro‘yxatga olinmasdan qolmasligi kerak» va «Tug‘ilishning ro‘yxatga olinishi — bolalar huquqini ro‘yobga chiqarishning va uning fuqaroliksiz qolishini oldini olishning huquqiy asosi» g‘oyalari ostida ishlashi kerak.
Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligiga 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab fuqarolik holati dalolatnomalarini raqamlashtirish va yagona elektron arxiv fondini tuzish ishlarini yakunlash vazifasi topshirildi.
Joriy yilning 1 sentyabridan boshlab davlat boji, boj to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishda elektron to‘lovlar (billing) mexanizmi to‘liq ishlay boshlaydi.
2019 yilning 1 yanvaridan boshlab yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish jarayonida unga shaxsiy identifikatsiya raqamini tayinlash amaliyoti joriy etiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi