08:05 / 16.06.2018
6 420

Ichki ishlar vazirligi G‘ofur Rahimovni qidiruvga berdi

Ichki ishlar vazirligi G‘ofur Rahimovni qidiruvga berdi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Xalqaro boks federatsiyasi — AIBA prezidenti vazifasini bajarayotgan G‘ofur Rahimovni qidiruvga berdi, deb yozadi Sof.uz nashri. Bu haqda IIV rasmiy saytida ma’lumot e’lon qilingan.

Raximov Gofur-Arslonbek

Unga ko‘ra, 1951 yil 22 iyulda tavallud topgan Rahimov G‘ofur-Arslonbek Ahmedovich O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi a-bandi (tovlamachilik), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 228-moddasi 3-qismida (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda.

Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i ekani aytilayotgan Lola Rahimova ham qidiruvga berilgan.

IIV ma’lumotiga ko‘ra, 1967 yil 24 iyunda tug‘ilgan Rahimova Lola Jabbarovna O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 3-qismi a-bandi (tovlamachilik), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 228-moddasi 3-qismida (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda.

G‘ofur Rahimov yanvar oyida AIBA vaqtinchalik prezidenti etib tayinlangan. Tashkilot prezidenti Ching-Kuo Vu o‘tgan yilning noyabrida iste’foga chiqqandi.

Rahimov 1998 yildan buyon AIBA ijroqo‘mi a’zosi hisoblanadi. 2002 yilda ushbu tashkilot vitse-prezidenti, 2006 yildan ijrochi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2010 yilda u Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti etib saylangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar vazirligi G‘ofur Rahimovni qidiruvga berdi