Yo‘l transport hodisasi shu yilning 17 iyun kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani Katta Xirmontepa ko‘chasida soat taxminan 23:40da sodir bo‘lgan edi.
Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, oq rangli «Spark» avtomashinasi haydovchisi 38 yoshli piyodani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. YTH natijasida jabrlangan piyoda shifoxonaga yotqizilgan hamda unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Voqea joyida piyodani og‘ir ahvolda qoldirib qochib ketgan haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan S.Sh. ekani aniqlanib, hozirda qo‘lga olingan.
Ushbu holat yuzasidan Uchtepa tumani IIOFMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi