
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 24 iyun kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashagan F.N. o‘zining “VAZ-2101” rusumli avtomashinani Mirzatup MFY Mirzatup qishlog‘i hududida kichik tuproq yo‘lida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay shu yerdan oqib o‘tuvchi “Eski Anhor” kanaliga sirpanib tushib ketgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada haydovchi F.N. va uning yo‘lovchilari, birga yashagan turmush o‘rtog‘i G.X. ismli ayol, Chiroqchi tumani “Mirzatup” MFY yashagan L.X. ismli ayol voqea joyida halok bo‘lgan hamda yana bir yo‘lovchisi L.X. ismli ayolning birga yashovchi turmush o‘rtog‘i S.X. avtomashina eshiklarini ochib suvdan chiqib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar