08:27 / 06.07.2018
4 162

Farg‘onada poyezdga tosh otgan shaxs aholi ko‘magida ushlandi

Farg‘onada poyezdga tosh otgan shaxs aholi ko‘magida ushlandi
«Toshkent-Andijon» yo‘lovchi poyezdi Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani «Xo‘jaariq» MFY hududida harakatlanayotgan vaqtida noma’lum shaxs unga tosh otgan va poyezdning 5-vagoni oynasiga darz ketgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, bir guruh yurtdoshlarimiz vatanparvarlik ko‘rsatib, mazkur holat yuzasidan o‘zlari bilgan ma’lumotlarni ichki ishlar organlarining xodimlariga xabar berishgan.

Natijada poyezd oynalariga tosh otgan shaxs Qo‘shtepa tumanida yashovchi D.B. ekanligi aniqlanib, qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘z navbatida, ushbu holatga oydinlik kiritishda o‘z yordamini ayamagan fuqarolarga minnatdorchilik bildirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada poyezdga tosh otgan shaxs aholi ko‘magida ushlandi