“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Sof.uz" nashri ma’lum qildi.
Qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi tashkil etildi.
Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan solinadigan va Ichki ishlar vazirligining Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa harakatlar maxsus jamg‘armasiga tushadigan jarimalar summasining 10 foizi Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbai etib belgilandi.
Jamg‘arma mablag‘laridan faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini har oy pul bilan mukofotlash uchun foydalaniladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”