14 492
«Super-kontrakt» asosida o‘qishga kirish uchun bu yil necha ball to‘plash kerak? (video)
2018/19 o‘quv yilida qabul imtihonlarida 56,7 yoki undan yuqori ball to‘plagan, ammo qabul kvotasi bo‘yicha raqobatda yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar oshirilgan to‘lov-kontrakt summasini to‘lash orqali talabalikka tavsiya etilishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus vaziri Inom Majidov Kun.uz'ga ma’lum qildi.
«Shu yilgi imtihonlar, xabaringiz bor, 15 kun davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari savollar soni ham kamaytirilgan, ya’ni har bitta fan bloki bo‘yicha 30tadan savol taqdim etiladi. Endi, qabul imtihonlaridan yetarli ball to‘play olmay, oshirilgan to‘lov-kontrakti bo‘yicha o‘qishga kirishni istagan abituriyentlar uchun yangi mezon belgilandi. Ular 56,7 yoki undan ko‘p ball to‘plagan holda ham o‘qishga kira olmasa, yuqorida qayd etilgan imkoniyatdan foydalanadi», deydi vazir.
Ma’lum qilinishicha, Davlat qabul komissiyasi a’zolari abituriyent hech qanday ball to‘play olmagan taqdirda ham talabalikka tavsiya etilishi haqida o‘ylanmoqda. Vazirning aytishicha, agar shunday tizim yo‘lga qo‘yilsa, oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori ancha yuqori bo‘lishi tayin.
Quyidagi havola orqali vazir bilan intervyuni to‘liq ravishda tomosha qilishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?