date
views 4 171

Ayol kishi AYoQShdan 7,5 mln so‘m pulni o‘g‘irlagani aniqlandi

Ayol kishi AYoQShdan 7,5 mln so‘m pulni o‘g‘irlagani aniqlandi
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida joriy yil 5 iyul kuni fuqaro I.Q. IIBga murojaat qilib, shu yil 14 aprel kuni o‘ziga tegishli “Guliston” MFY hududida joylashgan AYoQShdagi operator xonasidan katta miqdordagi pul o‘g‘irlanganini aytadi.

Murojaatchi “Farangiz” ismli noma’lum ayol 7 mln 500 ming so‘m miqdoridagi pulini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi N.Yu. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayol kishi AYoQShdan 7,5 mln so‘m pulni o‘g‘irlagani aniqlandi