DXX Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida Turkiston islom harakati keyinchalik Islom jihodi ittixoti Xalqaro terroristik tashkilotlar a’zosi hisoblangan O‘zbekiston fuqarosi Zokir Rahimov Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga keltirildi. U 2000 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan. Bu haqda "Yoshlar" telekanalida maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi.
1999 yil 16 fevral voqealaridan so‘ng turli ekstremistik diniy oqim a’zolari huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan so‘roq qilina boshlandi. Z.Rahimov jinoiy javobgarlikka tortilishdan qo‘rqib, Toshkeni viloyati Bekobod shahri orqali Tojikistonga chiqib ketadi. U yerda Turkiston Islom harakati terroristik tashkiloti safiga qo‘shiladi. So‘ngra tashkilot a’zosi, qidiruvda bo‘lgan, asli navoiylik Norova Aziza Abduraxmonovaga ikkinchi xotin sifatida uylanadi. So‘ngra unga Fotima Azimova nomi bilan soxta Qirg‘iziston fuqaroligi pasportini olib beradi.
Hozirda DXX Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Zokir Rahimovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
1999 yil fevral voqealari ishtirokchisi bo’lgan terrorchi Turkiyada ushlanib yurtimizga olib kelindi. U kim edi aslida?1999 yil fevral voqealari ishtirokchisi bo’lgan terrorchi Turkiyada ushlanib yurtimizga olib kelindi. U kim edi aslida?
Опубликовано Yoshlar tv Четверг, 19 июля 2018 г.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?