Kecha, 20 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov buyrug‘i asosida Toshkent shahrida joylashgan “Shayx Zayniddin” masjidi imom xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li o‘z vazifasidan ozod etildi.
Uning o‘rniga Toshkent shahri, Chilonzor tuman bosh imom xatibi Abdukarimov Xusniddin Tojiddinovich “Shayx Zayniddin” masjidi imom xatibi lavozimiga tayinlangan.
Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining nima sababdan lavozimidan ozod etilgani haqidagi ma’lumotga aniqlik kiritilmagan.
Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li o‘z faoliyatini 1998 - 1999 yillarda Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi “Hazrati Umar” jome’ masjidida imom – xatib vazifasidan boshlagan. 1999 - 2000 yillarda Shayxontohur tumanidagi “Shayx Zayniddin” jome’ masjidida imom noibi vazifasida ishlagan. 2010 yildan buyon Toshkent shahar bosh imom - xatibi o‘rinbosari. 2011 yildan buyon Shayxontohur tumani bosh imom xatibi va “Shayx Zayniddin” jome’ masjidi imom – xatibi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining “Ozodalik imonning go‘zal bahosi”, “Masjid odoblari”, “Ro‘za tutish odoblari”, “Haj manosiklari”, “Isrofdan saqlanaylik”, “Mehr - oqibat jannat garovidir” nomli risolalari chop etilgan. Uning eng mashhur kitoblari “Kibrdan saqlanaylik”, “Jannat kaliti”, “Qo‘shnichilik haqlari va odoblari” hisoblanadi.
Hozirda uning tashabbusi va rahbarligi ostida Muxlis.uz sayti faoliyat yuritib kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi