Xalqaro press-klubda 21 iyul kuni «Qabul - 2018: Shaffoflik, halollik, adolat mezonlari va innovatsion yondashuvlar» mavzusida bo‘lib o‘tgan sessiyada oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayoni va test imtihonlariga tayyorgarlik ishlari hamda dolzarb muhim masalalar va muammoli vaziyatlar tahlil qilindi.
Sessiya so‘ngida oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov shunday maslahat berdi: «Aziz abituriyentlar, testga yaxshi kayfiyat bilan kelish kerak. Yuqori ball olaman degan niyat bilan keling. Hayajonlanib biladigan bilimingizni ham unutib yubormang. Hatto, ichki his-tuyg‘ularingiz ham siqilgan bo‘lishi kerak emas.
Shuningdek, o‘zingiz uchun biror taktikani ishlab chiqing. Masalan, partaga o‘tirish bilanoq, kayfiyatni ko‘tarish uchun eng oson savollaringizni, biladigan savollaringizni yechishni boshlash kerak. Avvalo, oson savollarning javobini topib olib, keyin murakkablariga o‘tsangiz bo‘ladi».
Bundan avvalroq O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaati e’lon qilingandi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi