
Ma’lumotda aytiladiki, Sirdaryo viloyatining o‘zida uchta imom egallab turgan vazifasidan ozod etilgan. Ular birinchidan diniy ma’lumot haqidagi hujjatga ega emas, ikkinchidan turmush qurish istagida kelganlarga ZAGS guvohnomasi talab qilmagan holda nikoh o‘qigan. Ular yana ajralishlar ko‘payishiga sababchi bo‘lib qolishgan, machitga tashrif buyuruvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lishgan. Sirdaryo viloyat bosh imom-xatibi Mo‘minjon Usmonov ham o‘z vazifasidan ozod etildi.
Toshkent viloyatidagi «Shayx Zayniddin» machiti imom-xatibi Odilxon Ismoilov machitda o‘rnatilgan tartib-qoidalarga amal qilmagani, machitga har kuni namoz o‘qish uchun qatnamagani, tasdiqlanmagan ma’lumotlarni internet orqali tarqatish bilan shug‘ullangani uchun egallab turgan lavozimidan olib tashlandi.
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi imom-xatiblardan biri Hasanboy Ashurov rahbariyat topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarmagani, qo‘pol muomalasi tufayli ishdan bo‘shatildi.
Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi machit imom xatibi Abdurahim Po‘latov ham bir nechta jiddiy sabablar bilan lavozimidan olib tashlandi.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar