O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 28 iyul kuni Toshkent shahri Mirobod tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Davlatimiz rahbariga harbiy qismda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari, mudofaa tizimidagi aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish, jangovar va o‘quv-tayyorgarlik jarayonini avtomatlashtirishga doir loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Mudofaa tizimida eng asosiysi - aloqa. Bu tizimni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlash, aloqa xavfsizligini chuqur biladigan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi strategiya ishlab chiqish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Askarlar orasidan texnik-muhandislik qobiliyatga ega yoshlarni saralab olish, aloqachi mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan o‘quv yurtlaridagi ta’lim va amaliyot dasturini takomillashtirish, harbiylarni zamonaviy raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Davlatimiz rahbari mudofaa vazirligi qo‘shinlarida mavjud aloqa texnikalari namunalari bilan ham tanishdi. Harbiy qismda askarlarning xizmatni o‘tashi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, ular bilan suhbatlashdi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi