
Toshkentda «Samoviy shahar» barpo etiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tadbirkorlar bilan 28 iyul kuni ochiq eshiklar kuni doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev taqdim etilgan loyihalarning 35 foizini tasdiqladi. Boshqa investorlarga muqobil uchastkalar va ob’ektlar taklif etildi.
«Investitsiyalar uy-joy qurilishi, ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’ektlari, savdo-ko‘ngilochar majmualarga yo‘naltirilgan. Jami 591 million dollarlik 62ta loyiha taqdim etildi (ulardan 173 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar)», - deyiladi xabarda.
Loyihalardan biri - SF Global kompaniyasining Sky City («Samoviy shahar») binolar majmuasi. Loyihaga kiritilgan jami investitsiya miqdori 500 million dollarni tashkil etadi. Ushbu mablag‘larning yarmini sarmoyadorlar shaharni obodonlashtirishga investitsiya qilishga tayyor.
Katta maydonda 30-40 qavatli zamonaviy binolar majmuasini qurish rejalashtirilgan. Ulardan biri mehmonxona, beshtasi - ofis va oltitasi - turar-joy bo‘ladi.
Uchrashuvda qurilish uchastka yakuniy tasdiqlanganidan so‘ng besh oydan o‘tib boshlanishi haqida qaror qabul qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar