06:30 / 05.08.2018
6 258

Yagona maktab formasi tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda

Yagona maktab formasi tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda
2018 — 2019-o‘quv yilidan barcha umumta’lim maktablariga joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilin​​ishi kutilmoqda.

«Tez orada qaror qabul qilinishi kutilmoqda. Demak, maktab formasi respublika bo‘ylab bir xil bo‘lishi kutilmoqda. Yangi o‘quv mavsumiga oz muddat qolgani va boshqa omillar hisobga olinib, yagona maktab formasini joriy etish bir yil davomida qisqa muddatda amalga oshirilmaydi. Bu o‘quv mavsumi davomida ham tatbiq etilishi mumkin», deydi vazir.

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Zamira Suyunovaning ta’kidlashicha, tanlangan maktab formalarini barcha maktablarga yangi o‘quv yiligacha yetkazib berish borasida barcha ishlar amalga oshirilmoqda.

«Uyushmaning bu boradagi imkoniyati yetarli. Maktab formalarini o‘z vaqtida yetkazib berishda hech qanday muammo yoki uzilishlar bo‘lmaydi».

Shunga qaramay, Xalq ta’limi vaziri bu masalada shoshmasdan qaror chiqarishni ma’qullamoqda.

«Eng muhimi, formani tayyorlash va yetkazib berish ishlariga maktab direktori ham, o‘qituvchi ham aralashmaydi. Men korrupsiogen holat yuzaga kelishini istamayman, direktor bitta korxona bilan til biriktirib, yagona narx o‘rnatib olishi mumkin emas. Yagona maktab formasi tasdiqlangan taqdirda, barcha ota-onalar erkin tanlov qiladi: istasa tiktirsin, sotib olsin, bu ularning ishi. Lekin kimdir, qayerdandir sotib olishga majburlamaydi», deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yagona maktab formasi tez orada tasdiqlanishi kutilmoqda