
Sirdaryo viloyati Guliston tumanida 3 nafar shaxs oʻzgalarning mulkini bosqinchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, shu tumanda yashovchi fuqaro Qurbonaliyevning uyiga yuzlariga niqob kiygan holda bostirib kirib, uxlab yotgan uy egalari Qurbonaliyev Hasan va uning ayolining turli joylariga temir boʻlaklari bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazishadi.
Uydan jami 300000 soʻmga teng boʻlgan nokia rusumli ikkita telefon apparatini qoʻlga kiritib voqea joyidan yashirinishgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv natijasida jinoyatchilar qoʻlga olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar