4 739
Sherzod Shermatov barcha rahbarlardan 5 sentyabrda oʻzlari oʻqigan maktabga borishni soʻradi
Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Prezidentimiz tomonidan xalq taʼlimi tizimini tubdan yaxshilash boʻyicha boshlangan tashabbusni qoʻllash maqsadida barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga 5 sentyabr kuni oʻzlari oʻqigan maktabga borib, yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirda ishtirok etishlarini soʻrab murojaat qildi. Bu haqda u oʻzining “Facebook”dagi sahifasida yozib qoldirdi.
Murojaatga koʻra, maktabdagi tadbirda har bir rahbar oʻzining hayotidan misollar keltirib, ular erishgan muvaffaqiyatlarda maktabdagi taʼlim va tarbiyaning roli katta boʻlgani, qolaversa, oʻquvchilarga maktab davrida yaxshi oʻqib, vaqtdan unumli foydalanish muhimligi haqida qisqacha maʼruza qilib berish taklifi berilgan.
Shermatovning yozishicha, koʻpchilik vazirlik va idoralar rahbarlari hamda joylardagi hokimlar tomonidan ushbu taklif ijobiy qabul qilinib, 5 sentyabr kuni maktablardagi tadbirlarda qatnashishga tayyor ekanliklari bildirilgan.
«Shuningdek, maktab bitiruvchilari orasida hayotda koʻpchilik havas qiladigan boshqa soha vakillari ham koʻp. Ular orasida bugungi kunda taniqli tadbirkorlar va xalq xizmatida yurgan insonlarning jamiyatda tutgan oʻrni beqiyos.
Fursatdan foydalanib, ularni ham 5 sentyabr kuni oʻz maktablariga kelib, yoshlarni oʻz hayotiy tajribalari asosida motivatsiya qilishga hissa qoʻshishga taklif etamiz. Bu oʻquvchilarda oʻzi oʻqiyotgan maktabdan faxrlanish tuygʻusi hamda yanada yaxshiroq oʻqishga intilish shakllanishiga oʻziga xos turtki boʻladi.
Maktablarda muammolar va qilinishi kerak boʻlgan ishlar juda koʻp, lekin eng asosiysi, bolalarimizni oʻqishga chin dildan qiziqtira olsak, eng katta natijaga erishgan boʻlamiz. Shunda ular qiyinchiliklarga qaramay oʻzlari oʻqishga intiladigan boʻladilar»,- deb yozadi Sherzod Shermatov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi