
Samarqand shahrida 1 sentyabr kuni viloyat IIB YHXB xodimi rahbarlariga xabar berib, unda shu yil 31 avgust kuni Bulungʻur tumanida yashovchi D.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun YPX inspektorlari tomonidan toʻxtatilib, avtomashina vaqtincha jarima maydoniga qoʻyilganligini va fuqaro D.A. unga avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga pora taklif qilayotganligini maʼlum qilgan.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan 1 sentyabr kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida D.A., xodimga xizmat xonasida 300 ming soʻm pulni bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan fuqaro D.A.ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar