Tojikiston madaniyat vazirligi Tojikiston qizlari va ayollari uchun tavsiya etilgan liboslar boʻyicha maxsus qoʻllanma ishlab chiqdi. Unda ishda, dam olish kunlari, toʻy va marosimlarda ayol-qizlar qanday liboslarda boʻlishiga doir koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
11 qism va 6 boʻlimdan iborat bu qoʻllanmada davlat tuzilmalarida ishlaydigan ayollarning kiyinish madaniyatiga doir alohida bandlar bor.
Unga koʻra ayollar qora rangli libos, qora roʻmol va hijob oʻrashlari mumkin emas. Shuningdek, yevropacha liboslardan miniyubka, yoqasi ochiq kofta va koʻylaklar, harir liboslar kiyish ham taqiqlandi.
Jamoat joylarida esa kalish yoki shippak, uy kiyimi, tor shim yoki sintetik kiyimlarda yurish taqiqlandi.
“Biz bu tavsiyalarni tojik xalqi orasida oʻzga millat madaniyati yoyilib ketmasligi uchun berdik. Liboslarni yaratishda tojik dizaynerlari imkon qadar zamonaviy talablarga ham rioya qilganlar”, — deya izoh bergan Tojikiston xotin-qizlar qoʻmitasi axborot xizmati boshligʻi Sabohat Mahmadaliyeva.
Ayni paytda Dushanbe kiyim bozorlari va doʻkonlarida ushbu koʻrsatmalarga muvofiq liboslar tavsiya etilmoqda.
Tojikiston madaniyat vazirligi ushbu koʻrsatmalar faqat qizlar va ayollar uchun belgilanganini qayd etgan holda, kelgusida erkaklar uchun ham shu kabi qoʻllanma ishlab chiqilishini maʼlum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi